Rossiya SSV “Sputnik Layt” vaksinasi tadqiqotlariga ruxsat berdi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu vaksinadan foydalanishning asosiy vazifasi koronavirusdan o‘lim yuqori bo‘lgan mamlakatlarda o‘lim sonini kamaytirish.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sputnik Layt” vaksinasining klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsatnoma berdi, bundan idoraning ma’lumotlar reyestrida chop qilingan ma’lumot darak bermoqda. Sinovlarni Gamaleya nomidagi markaz o‘tkazadi.
“Klinik tadqiqotlar maqsadi: SARS-CoV-2 virusi keltirib chiqaradigan koronavirus infeksiyasining oldini olishda “Sputnik Layt” preparatining xavfsizligi, bosh kechiruvchanlik qobiliyati va immunogenligiga baho berish. Boshlanishi – 2021-yil 8-yanvar, yakunlanishi – 2021-yil 31-dekabr”, - deyilgan xabarda.
Vaksina ot CoVID-19 Gam-KOVID-Vak - Sputnik O‘zbekiston
Braziliyada 15-yanvardan “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi
Tadqiqotlarda 150 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. Sinovlar uchta tibbiyot muassalarida o‘tkaziladi.
O‘tgan yil dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari COVID-19 ga qarshi “layt-vaksina” yaratmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaksinaning samarasi kamroq bo‘ladi, ammo juda ko‘plab kishilarni emlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Keyinchalik Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg “layt-vaksina” qo‘llangan keyin immunitet uch hafta ichida shakllanishi va 3-4 oy atrofida saqlanishini tushuntirdi. Bu vaksinadan foydalanishning asosiy vazifasi koronavirusdan o‘lim yuqori bo‘lgan mamlakatlarda o‘lim sonini kamaytirish.
Yangiliklar lentasi
0