O‘zbekiston va Rossiya olimlari koronavirusni yo‘q qiladigan yangi usulni aniqlashdi

© AFP 2023 / SAJJAD HUSSAINIzobrajenie koronavirusa na stene
Izobrajenie koronavirusa na stene - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, radiatsiyaning COVID-19 ga ta’sirini UrFU va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari o‘rganmoqda.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya olimlari radiatsiyaning kuchsiz miqdori koronavirusni yo‘q qilishini aniqlashdi. Bu haqda Ural federal universiteti (UrFU) matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, radiatsiyaning COVID-19 ga ta’sirini UrFU va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari o‘rganmoqda. Qo‘shma tadqiqotlar davomida yumshoq rentgen va ultra binafshaning koronavirusga o‘zgacha ta’siri aniqlangan.
Zubnaya shetka - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni ikki daqiqada yo‘q qiladigan usul topildi
Virusning RNK molekulasi inson hujayrasiga tushganda, ko‘p joylarda butun uzunligi bo‘ylab uning shakli o‘zgaradi. Olimlar RNK molekulasining bu o‘zgargan joylari sog‘lom hujayralar molekulariga qaraganda radiatsiyaga ming marotaba sezgirroq ekanini aniqlagan. Shuning uchun virusni o‘ldiradigan doza sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmaydi.
Shuningdek, ular radiatsiya virusning har qanday mutatsiyasini inson organizmiga hech qanday zarar yetkazmagan holda yo‘q qilishini aniqlashgan. Radiatsiyadan nafaqat insonni davolash va kasalliklarning oldini olishda, balki buyum, mahsulotlar va xonalarni dezinfeksiya qilishda foydalanish ham taklif qilinmoqda.
Hozirda mutaxassislar jamoasi bu kashfiyot asosida davolash qo‘llanmasi ustida ish olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0