O‘zbekistonda milliy kinematografiya oyligi start olmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSyomki mnogoseriynogo filma "Zuleyxa otkrivayet glaza"
Syomki mnogoseriynogo filma Zuleyxa otkrivayet glaza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 11-16 yanvar kunlari Yoshlar ijod saroyida "Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya" oyligi doirasida "O‘zbek milliy kino san’ati haftaligi" tashkil etiladi.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor "Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya" oyligi o‘tkaziladi.
VI Mejdunarodniy kinofestival stran Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki. Otkritie festivalya vo Dvorse iskusstv. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi
Joriy yilning 11-16 yanvar kunlari Yoshlar ijod saroyida "Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya" oyligi doirasida "O‘zbek milliy kino san’ati haftaligi" tashkil etiladi.
Haftalik davomida yangi kinoloyihalar taqdimoti, yoshlar uchun mahorat darslari, davra suhbatlari, kasting va konferensiyalar hamda yangi filmlar premyeralari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, respublika bo‘ylab taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, aholi bilan o‘zbek kino san’ati tarixi va bugungi kuni haqida muloqot uyushtiriladi. Bir qator tarixiy-badiiy filmlarning bepul namoyishi o‘tkaziladi.
Kino haftalik doirasida yosh kinoijodkorlar uchun Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkentda filialini ochish, Toshkent xalqaro kinofestivalini tashkil qilish masalalari muhokamalar markazida bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0