UFC jangchisi o‘z singillarini so‘yishga urindi

© AFP 2023 / MANDEL NGANPolitsiya Floridi na meste prestupleniya. Arxivnoe foto.
Politsiya Floridi na meste prestupleniya. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shnilar ayollardan biri ularning eshigini taqillatib: "U meni o‘ldirmoqchi. Yolvoraman, singlimga yordam bering", deya baqirganidan so‘ng uyg‘onib ketganlar.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Mutlaq jangchilar chempionati jangchisi (UFC) Irvin Rivera o‘z singillariga hujum qilganidan so‘ng hibsga olindi, deb xabar bermoqda CBS Sports Floridadagi Boyton-Bich shahri politsiyasiga tayangan holda.
II Yevropeyskie igri. Volnaya borba - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik chempion o‘z to‘yida qallig‘ini haydab soldi, dugonalar esa uning yonini olmoqda
Politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shnilar ayollardan biri ularning eshigini jon holatda taqillatib: "U meni o‘ldirmoqchi. Yolvoraman, singlimga yordam bering", deya baqirganidan so‘ng uyg‘onib ketishgan.
Afti qonga belangan Rivera qo‘shnilarga hammasi joyidaligini aytgan va eshikni tamballab olgan, shundan so‘ng uydan qochib ketgan.
Chaqiriqqa yetib kelgan politsiyachilar sportchi qarorgohida uning kenja singlisini yelka, bosh va qo‘l jarohatlari bilan aniqlashgan. Katta singilning yuzi, yelkasi, qo‘llari va ikkala o‘pkasida jarohatlar borligi aniqlangan. Opa-singillar zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Ayollardan birining ahvoli stabil, ikkinchisiniki og‘ir.
Politsiya Riverani qo‘lga olgan. Sportchi ikkala singlisini ham o‘ldirganiga shubha qilmagan. U politsiyachilarga hujumni "bu uning maqsadi bo‘lgani", buni unga "oliy hukumat buyurgani" tufayli amalga oshirganini aytgan.
Sportchi qotilikni amalga oshirishga uringanlikda ayblanmoqda, u hozirda Palm-Bich qamoqxonasiga yotqizilgan.
Yangiliklar lentasi
0