https://oz.sputniknews.uz/20210109/Ekspert-2021-yil-aysi-davlatlarda-urush-yuz-berishi-mumkinligini-aytdi-zbekiston-rykhatda-15748352.html
Ekspert 2021-yil qaysi davlatlarda urush yuz berishi mumkinligi haqida: O‘zbekiston ro‘yxatda
Ekspert 2021-yil qaysi davlatlarda urush yuz berishi mumkinligi haqida: O‘zbekiston ro‘yxatda
Sputnik O‘zbekiston
Harbiy ekspert fikriga ko‘ra, 2021-yilda zo‘ravonlik to‘lqini faqat o‘sib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib bo‘lmayapti 09.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-09T11:25+0500
2021-01-09T11:25+0500
2021-04-08T14:21+0500
dunyoda
urush
markaziy osiyo
tojikiston
o‘zbekiston-tojikiston
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/18/15668806_0:240:3196:2048_1920x0_80_0_0_0e7abb491a70f48d50bcc606432b6146.jpg
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyalik ekspert "MK" nashriga bergan intervyusida 2021-yilda qurollangan mojaro boshlanishi ehtimoli bo‘lgan qator davlatlar nomlarini sanab o‘tgan. Sputnik Tojikiston xabari asosida.Harbiy ekspert Aleksey Valyujevich fikricha, joriy yil turli qurollangan va diniy mojarolar, koronavirus tarqalishi bilan esda qolgan 2020-yildagi "yutuqlarni" ortda qoldirishi mumkin.Mutaxassis fikricha, 2021-yilda zo‘ravonlik to‘lqini faqat o‘sib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib bo‘lmayapti.Valyujevich eng "qaynoq" nuqtalarning biri sifatida Afg‘onistonni keltirib o‘tgan - 2021-yilda bu mamlakatdan AQSh va NATO koalitsiya qo‘shinlarining kattagina qismi olib chiqib ketilishi kutilmoqda.Ekspert fikricha, amerika harbiy kontingentining qisqartirilishi RF va boshqa mamlakatlarda ta’qiqlangan "Tolibon" radikal harakati ta’siri o‘sishiga olib kelishi muqarrar. "Afg‘on mojarosining yangi abadiy kalavasini ko‘rish mumkin bunda", deya ta’kidlagan u.Bu holat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavflidir. Urush bevosita O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston chegaralariga yaqinlashmoqda.Ekspert, shuningdek, Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi Afg‘oniston bilan chegara yaqinida joylashganini eslatib o‘tdi.Tojikiston va Afg‘onistonning umumiy chegara uzunligi 1300 kmni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda Tojikiston va Afg‘oniston chegara qismlariga yaqin hududlarda har hafta teraktlar, harbiy xizmatchilarning jangarilar, xususan, "Tolibon" vakillari bilan to‘qnashuvlari ro‘y bermoqda, deya eslatgan nashr.Shu bilan birga, ekspert, ziddiy uchburchakka kiruvchi davlatlar sifatida Hindiston-Xitoy-Pokistonni sanab o‘tgan.Ushbu uch davlat da’vogarlik qilayotgan Himolay shimoliy hududlari uchun olib borilayotgan eski mojaro jiddiy to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Pokiston va hindiston o‘rtasida Hindistondagi Kashmir va Jammu shtatlari, Pokistondagi Xayber-Paxtunxva hududi uchun jiddiy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Sababi, bu hududlar Indostan yarimoroliga olib boruvchi asosiy o‘tish yo‘lagi sanaladi.
https://oz.sputniknews.uz/20201210/zbek-armiyasi-bir-yilda-anchalik-kuchaydi-15572323.html
https://oz.sputniknews.uz/20201210/Ozbekiston-va-Tojikistondan-yuzlab-terrorchi-Tolibon-safiga-qoshildi-afon-OAV-15572954.html
https://oz.sputniknews.uz/20201219/Afonistondagi-amerika-bazasiga-trtta-raketa-bilan-zarba-berildi---OAV-15632044.html
tojikiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/18/15668806_0:40:3196:2048_1920x0_80_0_0_9d680c0c9e92386b575a3eb284a7e5e7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, urush, markaziy osiyo, tojikiston, o‘zbekiston-tojikiston, o‘zbekiston
dunyoda, urush, markaziy osiyo, tojikiston, o‘zbekiston-tojikiston, o‘zbekiston
Ekspert 2021-yil qaysi davlatlarda urush yuz berishi mumkinligi haqida: O‘zbekiston ro‘yxatda
11:25 09.01.2021 (yangilandi: 14:21 08.04.2021) Harbiy ekspert fikriga ko‘ra, 2021-yilda zo‘ravonlik to‘lqini faqat o‘sib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib bo‘lmayapti
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyalik ekspert "MK" nashriga bergan intervyusida 2021-yilda qurollangan mojaro boshlanishi ehtimoli bo‘lgan qator davlatlar nomlarini sanab o‘tgan.
Sputnik Tojikiston xabari asosida.
Harbiy ekspert Aleksey Valyujevich fikricha, joriy yil turli qurollangan va diniy mojarolar, koronavirus tarqalishi bilan esda qolgan 2020-yildagi "yutuqlarni" ortda qoldirishi mumkin.
Mutaxassis fikricha, 2021-yilda zo‘ravonlik to‘lqini faqat o‘sib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib bo‘lmayapti.
Valyujevich eng "qaynoq" nuqtalarning biri sifatida Afg‘onistonni keltirib o‘tgan - 2021-yilda bu mamlakatdan AQSh va NATO koalitsiya qo‘shinlarining kattagina qismi olib chiqib ketilishi kutilmoqda.
Ekspert fikricha, amerika harbiy kontingentining qisqartirilishi RF va boshqa mamlakatlarda ta’qiqlangan "Tolibon" radikal harakati ta’siri o‘sishiga olib kelishi muqarrar. "Afg‘on mojarosining yangi abadiy kalavasini ko‘rish mumkin bunda", deya ta’kidlagan u.
Bu holat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavflidir. Urush bevosita O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston chegaralariga yaqinlashmoqda.
Ekspert, shuningdek, Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi Afg‘oniston bilan chegara yaqinida joylashganini eslatib o‘tdi.
Tojikiston va Afg‘onistonning umumiy chegara uzunligi 1300 kmni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda Tojikiston va Afg‘oniston chegara qismlariga yaqin hududlarda har hafta teraktlar, harbiy xizmatchilarning jangarilar, xususan, "Tolibon" vakillari bilan to‘qnashuvlari ro‘y bermoqda, deya eslatgan nashr.
Shu bilan birga, ekspert, ziddiy uchburchakka kiruvchi davlatlar sifatida Hindiston-Xitoy-Pokistonni sanab o‘tgan.
Ushbu uch davlat da’vogarlik qilayotgan Himolay shimoliy hududlari uchun olib borilayotgan eski mojaro jiddiy to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Pokiston va hindiston o‘rtasida Hindistondagi Kashmir va Jammu shtatlari, Pokistondagi Xayber-Paxtunxva hududi uchun jiddiy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Sababi, bu hududlar Indostan yarimoroliga olib boruvchi asosiy o‘tish yo‘lagi sanaladi.