Jamiyat

Sovet limuzini 26 million rublga sotuvga qoʻyildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishAvtoprobeg, posvyaщennыy Dnyu avtomobilista, vo Vladivostoke
Avtoprobeg, posvyaщennыy Dnyu avtomobilista, vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
1950 yilda ishlab chiqarilgan Sovet ZIS-110 limuzini auto.ru portalida 26 million rublga sotuvga qoʻyildi
TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. 1950 yilda ishlab chiqarilgan Sovet ZIS-110 limuzini auto.ru portalida 26 million rublga sotuvga qoʻyildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Samolet-limuzin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Limuzin – samolyot barchani hayratda qoldirmoqda
Avtomobil egasining taʼkidlashicha, ZIS-110 - urushdan keyingi 1945 yildan 1958 yilgacha ishlab chiqarilgan birinchi sovet avtomobili. Limuzin 140 ot kuchiga ega olti litrli dvigatel bilan jihozlangan.
Egasining soʻzlariga koʻra, avtomobilni Tver shahridan olib ketish mumkin, holati juda yaxshi. Sotuvchining taʼkidlashicha, bir necha yil oldin avtomobil Moskvada toʻliq taʼmirdan oʻtgan va yoʻl harakati xavfsizligida roʻyxatga olingan.
Avtomobilning yurgan masofasi - 30 ming kilometrni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0