Jamiyat

Koronavirus: barcha viloyatlarda yangi kasallanish holatlari aniqlandi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka oʻtishRabota kovid-gospitalya
Rabota kovid-gospitalya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sutka davomida 73 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 485 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Bir sutka davomida 73 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 485 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 8 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 8 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Fargʻona viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 75 875 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.
Ayni paytda  994 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 157 nafar bemor ogʻir, 29 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Oʻzbekistonda jami 616 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 87,2 milliondan oshdi, 1,9 milliondan ortiq  kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (21,3 mln), Hindistonda (10,4 mln), Braziliyada (7,8 mln).
Yangiliklar lentasi
0