"Endi o‘zimizda bor": Toshkentda birinchi ochiq muz maydoni ochildi - video

Obuna bo‘lish
Toshkentning markazida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik teatri oldida respublikada birinchi ochiq osmon ostida muz maydoni ochildi.
Sun’iy qoplamali keng muz maydoni hatto 15 daraja havo haroratida ham mehmonlarni qabul qilishi mumkin. Barcha xohlovchilar nafaqat konkida uchishi, balki poytaxtning go‘zal ko‘rinishlaridan ham bahramand bo‘lishlari mumkin.
Katok ochilishiga Rossiyadan maxsus mehmon - figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Aleksey Yagudin keldi. U boshqa artistlar qatori ochiq muzda bayram tomoshasida qatnashdi.
Yangiliklar lentasi
0