Jahon banki 2021-yilda O‘zbekiston YaIMi o‘sishi miqdoriga aniqlik kiritdi

© Sputnik / StringerShtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon banki xulosasiga ko‘ra 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodi 0,6% ga o‘sgan, 2021-yilda ushbu o‘sish 4,3 %, 2022-yilda esa - 4,5 % bo‘lishi kutilmoqda. 
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Jahon banki ekspertlari 2021-yilda O‘zbekiston iqtisodi 4,3% ga o‘sishini prongnoz qildi. Biro oldin okttabr oyida JB O‘zbekiston YaIMi 4,8% ga o‘sishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi. 
Xalqaro moliya tashkiloti ekspertlari xulosasiga ko‘ra 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodi o‘sish sur’ati yanada tezlashib 4,5 %ni tashkil qiladi. 
Ma’lumot uchun, 2020 yilda koronavirus pandemiyasi oqibatida dunyoning aksariyat davlatlari YaIMi -2  - 6 foizga kamayishi kuzatildi. MDH hududida ham ushbu tendensiya saqlanib qoldi. O‘zbekiston va Tojikiston MDH hududida iqtisod o‘sish sur’ati musbat darajada saqlanib qolgan davlatlar bo‘ldi. 2020-yilda O‘zbekiston YaIMi o‘sishi miqdor 0,6 %ni tashkil qildi. 
Yangiliklar lentasi
0