Toshkent viloyatida yangi avtomobil bozori quriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtorinok poderjannix avtomobiley
Avtorinok poderjannix avtomobiley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil oxiriga qadar Toshkent viloyatida avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi markazlashgan savdo majmuasi ish boshlaydi.
TOShKENT, 6 yanv - Sptnik. Toshkent viloyatida Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi markazlashgan savdo majmuasi va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ish boshlaydi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati. 
Ayni damda viloyat hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilgan. Umumiy qiymati 1 million AQSh dollarini tashkil etuvchi loyiha ishga tushirilgach, 100 ta ish o‘rni yaratiladi. Loyiha joriy yilning IV choragiga qadar ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda, - deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimi Rustam Xolmatov, viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov Janubiy Koreyaning “EVERGREEN MOTORS CO LTD” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda xorij kompaniyasi rahbariyati hamda viloyat hokimi tomonidan markazlashgan savdo majmuasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish xususida muzokaralar olib borilib, ikki tomonlama kelishuv imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0