Senat Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarni ma’qulladi

© SenatSobranie Senata 6-yanvarya
Sobranie Senata 6-yanvarya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senati yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. 
TOShKENT, 6 yanv - Sputnik. Oliy Majlis Senati “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qulladi
Yangi qonun birinchi navbatda O‘zbekiston sud tizimida tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga o‘zgartishlar kiritiladi. Ushbu o‘zgartirishlar natijasida O‘zbekiston sud tizimida joriy yil yanvar oyidan boshlab hududda umumurisdiksiya sudlari tashkil etiladi. Xususan:
  • viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
  • ma’muriy tartib taomillar va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari saqlab qolinishi nazarda tutilgan.
Undan tashqari Konstitutsiyada "qonun hujjatlari" atamasi "qonunchilik" deb o‘zgartiriladi.
Mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi sud tizimini boshqarish masalalarini takomillashtirilishi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarni tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga erishish bilan bir qatorda, eng avvalo, fuqarolarning sudma-sud sarson bo‘lib yurishiga barham berib, ularning muammosining bir joyda hal qilinishi imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0