https://oz.sputniknews.uz/20210102/zbekistonda-1-yanvardan-nimalar-zgaradi-15717591.html
Oʻzbekistonda 1 yanvardan nimalar oʻzgaradi?
Oʻzbekistonda 1 yanvardan nimalar oʻzgaradi?
Yanvardan boshlab kam taʼminlangan oila aʼzolariga vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi 02.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-02T11:17+0500
2021-01-02T11:17+0500
2021-01-02T11:17+0500
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/993/74/9937457_0:34:1200:713_1920x0_80_0_0_cd3eca832747599fac934750d3bc6603.jpg
TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda 1 yanvardan nimalar oʻzgardi. Adliya vazirligining Huquqiy-axborot kanali shu haqda maʼlumot berdi.Yanvar oyining birinchi sanasidan quyidagi oʻzgarishlar roʻy beradi:
OTMga kirish test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi;
Olis hududlarga ishlashga kelgan mutaxassislarga boshlangʻich yordam puli va har oylik kompensatsiya beriladi;
Maktablarda Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi joriy etiladi;
Tizimli ravishda skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi;
Har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuziladi;
Tibbiyot xodimlari bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoat ekspertizasini amalga oshirish mexanizmi joriy etiladi;
Har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni qurish ishlari boshlanadi;
Davlat ishtirokidagi 9 ta korxonada tajriba tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi;
Shifokorlar uchun har 5 yilda malaka toifasini olish boʻyicha majburiy attestatsiyadan oʻtish tartibi joriy etiladi;
Favqulodda vaziyatlar oqibatida yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan hujjatlarni tiklashda davlat boji va yigʻimlar undirilmaydi;
Elektr energiyasi toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq undirishni taʼminlash ishlari tizimli yoʻlga qoʻyiladi;
Sud majlislari ish boʻyicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib boriladi;
Tabiatga zarar yetkazganlik haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi;
Yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi;
Kam taʼminlangan oila aʼzolariga vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;
Barcha auktsion savdolari natijalari QR-kodni qoʻllash orqali rasmiylashtiriladi;
Fuqaro oʻziga qulay tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki DXMga murojaat qilib vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turishi mumkin boʻladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/993/74/9937457_14:0:1148:713_1920x0_80_0_0_bf5c3eb3c242c78fa4a6bf5685d84eae.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Oʻzbekistonda 1 yanvardan nimalar oʻzgaradi?
Yanvardan boshlab kam taʼminlangan oila aʼzolariga vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi
TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda 1 yanvardan nimalar oʻzgardi. Adliya vazirligining Huquqiy-axborot kanali shu haqda maʼlumot berdi.
Yanvar oyining birinchi sanasidan quyidagi oʻzgarishlar roʻy beradi:
- OTMga kirish test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi;
- Olis hududlarga ishlashga kelgan mutaxassislarga boshlangʻich yordam puli va har oylik kompensatsiya beriladi;
- Maktablarda Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi joriy etiladi;
- Tizimli ravishda skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi;
- Har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuziladi;
- Tibbiyot xodimlari bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
- Aholi punktlari bosh rejalarining jamoat ekspertizasini amalga oshirish mexanizmi joriy etiladi;
- Har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari”ni qurish ishlari boshlanadi;
- Davlat ishtirokidagi 9 ta korxonada tajriba tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi;
- Shifokorlar uchun har 5 yilda malaka toifasini olish boʻyicha majburiy attestatsiyadan oʻtish tartibi joriy etiladi;
- Favqulodda vaziyatlar oqibatida yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan hujjatlarni tiklashda davlat boji va yigʻimlar undirilmaydi;
- Elektr energiyasi toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq undirishni taʼminlash ishlari tizimli yoʻlga qoʻyiladi;
- Sud majlislari ish boʻyicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib boriladi;
- Tabiatga zarar yetkazganlik haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi;
- Yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi;
- Kam taʼminlangan oila aʼzolariga vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;
- Barcha auktsion savdolari natijalari QR-kodni qoʻllash orqali rasmiylashtiriladi;
- Fuqaro oʻziga qulay tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki DXMga murojaat qilib vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turishi mumkin boʻladi.