https://oz.sputniknews.uz/20210102/lik-ushlar-miri-Italiyada-salyutlar-tufayli-yuzlab-chuurchilar-irildi-15718015.html
"Oʻlik qushlar yomgʻiri": Italiyada salyutlar tufayli yuzlab chugʻurchiqlar qirildi
"Oʻlik qushlar yomgʻiri": Italiyada salyutlar tufayli yuzlab chugʻurchiqlar qirildi
Jonivorlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot qushlarning oʻlimi salyutlar ovozining balandligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, deya bayonot bergan. 02.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-02T13:54+0500
2021-01-02T13:54+0500
2021-01-02T13:57+0500
dunyoda
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/494/75/4947582_0:87:1600:992_1920x0_80_0_0_c684b11ae2e0c1d48f9edd4875cdb511.jpg
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Rimda Yangi yil kirib keladigan oqshomda yuzlab chugʻurchiqlar bayram salyutlaridan yuragi yorilib, yerga qulab, halok boʻldi. Bu haqda mahalliy RomaToday nashri yozmoqda.Eʼlon qilingan kadrlarda yer yuzida sochilib yotgan oʻnlab qushlar tasvirlangan."Kechirasiz, ammo bayramni nishonlash istagi yoʻqoldi. Yuzlab qushlar halok boʻlgan", — deya video muallifi soʻzlaridan iqtibos keltiradi nashr.Jonivorlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot qushlarning oʻlimi salyutlar ovozining balandligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, deya bayonot bergan."Ehtimol, ular qoʻrquv tufayli oʻlgan. Ular bir-biriga toʻqnashib, derazalardan ichkariga kirishi yoki elektr uzatish tarmoqlariga oʻzini urishlari mumkin. Shuningdek, ular yurak xurujidan oʻlgan boʻlishi mumkinligini ham esdan chiqarmaylik", - deya tashkilot matbuot-kotibi Loredanu Diglio soʻzlaridan iqtibos keltiradi AP.Tashkilotning italiya boʻlimi rahbari Massimo Komparottoning aytishicha, ular har yili petardalar va feyerverklar sotuvini man etishni iltimos qiladilar.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/494/75/4947582_0:37:1600:1042_1920x0_80_0_0_a02169b6c1e2610f2b351bb3481023de.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
"Oʻlik qushlar yomgʻiri": Italiyada salyutlar tufayli yuzlab chugʻurchiqlar qirildi
13:54 02.01.2021 (yangilandi: 13:57 02.01.2021) Jonivorlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot qushlarning oʻlimi salyutlar ovozining balandligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, deya bayonot bergan.
TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Rimda Yangi yil kirib keladigan oqshomda yuzlab chugʻurchiqlar bayram salyutlaridan yuragi yorilib, yerga qulab, halok boʻldi. Bu haqda mahalliy RomaToday nashri yozmoqda.
Eʼlon qilingan kadrlarda yer yuzida sochilib yotgan oʻnlab qushlar tasvirlangan.
"Kechirasiz, ammo bayramni nishonlash istagi yoʻqoldi. Yuzlab qushlar halok boʻlgan", — deya video muallifi soʻzlaridan iqtibos keltiradi nashr.
Jonivorlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot qushlarning oʻlimi salyutlar ovozining balandligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, deya bayonot bergan.
"Ehtimol, ular qoʻrquv tufayli oʻlgan. Ular bir-biriga toʻqnashib, derazalardan ichkariga kirishi yoki elektr uzatish tarmoqlariga oʻzini urishlari mumkin. Shuningdek, ular yurak xurujidan oʻlgan boʻlishi mumkinligini ham esdan chiqarmaylik", - deya tashkilot matbuot-kotibi Loredanu Diglio soʻzlaridan iqtibos keltiradi AP.
Tashkilotning italiya boʻlimi rahbari Massimo Komparottoning aytishicha, ular har yili petardalar va feyerverklar sotuvini man etishni iltimos qiladilar.