Video

Rossiyadagi zavod Notr-Dam-de-Pari cherkovi soatini qayta tiklashga yordam bermoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
1867 yilda ishlab chiqarilgan Collin mexanizmi cherkovdagi toʻrtta tsiferblatlarni boshqargan. Frantsiyaga ushbu diqqatga sazovor soatni rekonstruktsiya qilishda dunyoning koʻplab davlatlari oʻz yordamini taklif qilgan edilar, jumladan, Rossiya va Germaniya ham.
Sankt-Peterburdagi "Raketa" soat zavodi mutaxassislari Notr-Dam-de-Pari cherkovi soatini qayta tiklanish ishlarida ishtirok etmoqdalar.
Zavod muhandis-konstruktori Vitaliy Komarov amalga oshirilishi lozim boʻlgan ish hajmini "muhim", deya ataydi. Uning taxminiga koʻra, mexanizmni qayta tiklash uchun taxminan 2 mingga yaqin detallar kerak boʻladi. Zavodda signal moslama ishlab chiqilgan boʻlib, u bino ichida turgani holda, cherkov fasadidagi vaqtni aks ettiradi.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 15 aprelida Parijdagi Notr-Dam-de-Pari ibodatxonasida 15 soatdan ortiq davom etgan yongʻin yuz bergan edi. Hodisa natijasida bino shpili va tomining bir qismi oʻpirilib tushgan, shuningdek, ichki bezaklarga zarar yetgan.
Yangiliklar lentasi
0