O‘zbekistonliklar bayram kunlari sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi - Mubarakshin

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTashkentskaya TES
Tashkentskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarish jarayoni barqarorligini ta’minlash maqsadida maxsus shtab tashkil etilgan, 24 soatlik navbatchilik joriy etilib, mutasaddilar oldida turgan birinchi darajali chora-tadbirlar belgilab olingan

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ Boshqaruvi raisi Ruslan Mubarakshin rahbarligida kirib kelayotgan yangi 2021-yil bayrami kunlarida iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlarini samarali tashkil etishga bag‘ishdangan video-selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Nachalos stroitelstvo novoy TES v Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryoda yangi IES qurilishi boshlandi

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot xizmati xabari asosida.

Yig‘ilishda, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumida sifatli elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida joriy yil 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida va 17-avgust kuni Bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida mavsumni barqaror va uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni so‘zsiz bajarish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi aytib o‘tildi. 

Shunga qaramasdan, ishlab chiqarish jarayoni barqarorligini ta’minlash maqsadida maxsus shtab tashkil etilib, Aksiyadorlik jamiyati va korxonalar kesimida maxsus buyruqlar ishlab chiqildi, 24 soatlik navbatchilik joriy etilib, mutasaddilar oldida turgan birinchi darajali chora-tadbirlar belgilab olindi.

"Joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 8 ta energoblok, 15 ta qozon agregatlari, 5 ta BGQ va boshqa bir qator asosiy va yordamchi energiya uskunalarini ta’mirlandi, - deydi "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ Boshqaruvi raisi R.G.Mubarakshin. - Ushbu ishlarni bajarilishi natijasida issiqlik elektr stansiyalari va markazlarining amaldagi quvvati 368 MVt ga oshdi. Galdagi vazifamiz ushbu qurilmalarning to‘liq quvvatlarda ishlashini ta’minlash, yurtdoshlarimizga bayram kunlarida sifatli elektr va issiqlik quvvatlarini yetkazishdan iborat".

Yangiliklar lentasi
0