O‘zbekistonda fevral oyidan oylik va stipendiyalar oshiriladi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining 30-dekabrdagi qarori bilan 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi.

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti "2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq: 2021-yil 1 fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari ham xuddi shunchaga oshiriladi.

2021 yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m; 

bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m belgilanmoqda.

 

 

Yangiliklar lentasi
0