O‘zbekistonda tibbiyot muassasalari bayramda tunu kun ishlashi aytildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKoridor bolnisi
Koridor bolnisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, bayram kunlari 219 ta tug‘ruq muassasalari ham uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, 31-dekabrdan 1-yanvargacha bir sutka davomida 583 nafar akusher-ginekolog, 1172 nafar doya onalar va bolalar salomatligi yo‘lida xizmat ko‘rsatishadi.

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Bayram kunlari O‘zbekistonda barcha tibbiyot muassasalarida shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyati tegishli navbatchilik jadvali asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz, tunu kun ishlaydi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Otpravka podarkov mirotvorsam v Nagorniy Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yilga qanday sovg‘a olishni istaysiz - Ijtimoiy fikr so‘rov o‘tkazdi

Jumladan, hozirgi kunda sog‘liqni saqlash tizimida mavjud birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi 2369 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari hamda tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalarida tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalari va “tez yordam” xizmati odatdagi tartibda bir maromda uzluksiz ishlaydi. Xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlarda 13 ta filiali, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tizimidagi barcha bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi.

Vologda – novogodnyaya stolitsa Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Qor Bobo va siyosat – Yangi yil timsolini qoralash kimga kerak?

Mamlakat bo‘yicha hududlarda 14 ta Call-markaz tunu kun ish rejimida bo‘lib, "tez yordam" tizimida mavjud 2748 ta brigada tarkibidagi jami 12 837 nafar shifokor va va 27 653 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari navbatchilik asosida aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, bayram kunlari 219 ta tug‘ruq muassasalari ham uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, 31-dekabrdan 1-yanvargacha bir sutka davomida 583 nafar akusher-ginekolog, 344 nafar neonatolog, 1172 nafar doya hamda 2042 nafar hamshira onalar va bolalar salomatligi yo‘lida xizmat ko‘rsatishadi. Bayramning keyingi kunlari ham yana shunchadan tibbiyot xodimlari navbatchilikka kirishadilar.

Yangiliklar lentasi
0