Ma’lumki, bu yilgi sanitariya-epidemiologik vaziyat Yangi yil bayramini nishonlashda ham o‘z aksini topgan. Xususan, hukumat tomonidan bayram tadbirlari o‘tkazishga qator cheklovlar kiritilgan.
Xususan, maktab va bog‘chalarda, davlat muassasalarida bayram tadbirlari bekor qilingan.
Barcha fuqarolar uchun COVID-19 tarqalishini oldini olish uchun, Yangi yilni o‘z uyida oila davrasida kutib olish tavsiya etiladi.
Faqat ochiq havoda o‘tkazilayotgan tadbirlarga ruxsat berilgan. Xususan Toshkent markazida bayram konsertlari va tomoshalari Istiqlol ko‘chasida Milliy kutubxona oldida 10-yanvargacha har kuni soat 10:00 dan 22:00gacha bo‘lib o‘tadi.
Pandemiya sharoitida Yangi yil bayramini nishonlashda kiritilgan cheklovlar bilan batafsil infografikamizda tanishing.