Uch viloyatda quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSolnechnaya elektrostansiya
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Energetika vazirligi davlat-xususiy sherikligi asosida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi bo‘yicha “Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi boshlanishini ma’lum qildi.

“Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan uchta FES qurilishi rejalashtirilib, ularning investorlari tender natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

Uchinchi loyiha boshlanishi 2021-yil fevral oyiga rejalashtirilgan. FES qurilishi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati kamida 200 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0