Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida 2020-yilning muhim voqea va o‘zgarishlari hamda 2021-yilda amalga oshirish rejalashtirilayotgan asosiy rejalar bilan tanishtirdi.
Xususan prezident 2020-yilda OAV jamoatchilik e’tiborini muhim muammolarga qaratib, haqiqiy 4 hokimiyatga aylanganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, yangi yilda o‘qituvchilar maoshi oshirililishi, xususan boshqa tuman va viloyatlarga borib ishlayotgan o‘qituvchilar oyligiga 50-100 % ustama to‘lanishini ma’lum qildi.
Undan tashqari prezident Toshkent shahri markazida yangi milliy akademiik drama teatri qurish tashabbusini exlon qildi.
Shu bilan birga pandemiyada ishini yukotgan aholi kambag‘allika tushib kolishiga yul kuymaslik va vaktincha ishsizlik nafakasini 3 baravar oshirilishi haqida aytib berdi.
Prezident quyi va o‘rta pog‘onadi ishlayotgan amaldorlarning bilimm yetishmasligi muammosi va vazirlar ularni qo‘shimcha o‘qitishi kerakligi haqida gapirdi.
2021 yildan boshlab 30-iyul xallar dustligi kuni sifatida nishonlanishini hamda 2021 yilni - Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi salomatligi yili, deb e’lon qildi.