Il-114-300 - rossiyabop hududiy samolyot - video

Obuna bo‘lish
Rossiyada Il-114-300 har qanday qoplamali - muz, grunt yoki beton aerodromlarda uchib-qo‘nish imkoniyatiga ega bo‘lib u eskirib qolgan An-24 samolyotlarining o‘rniga keladi. 

Rossiyada dekabr oyida yangi hudadlararo samolyot Il-114-300ning sinov parvozlari boshlandi. 

Yangi samolyotning parvoz uzoqligi 1400 kmni tashkil qiladi. Maksimal parvoz balandligi 7600 metr. Yonilg‘i sarfi - 550 kg/soat. 

Samolyot eng zamonaviy avionika bilan jihozlangan. Shuningdek samolyotning 2t turbovintli dvigatellari - TV7-117ST-01 ham Rossiyada ishlab chiqarilgan. 

Samolyot 68 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi yoki yuk tashishga moslashtirilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek samolyot tibbiy va monitoring vazifalarini bajarishi ham mumkin. 

Eng asosiysi, Il-114-300 Rossiyaning turli hududlarida, har qanday qoplamali - muz, grunt yoki beton aerodromlarda uchib-qo‘nish imkoniyatiga ega. Samolyotning o‘z trapi bor va minimal aeroport xizmatlarini talab qiladi. 

Samolyotning barcha komponentlari Rossiyada ishlab chiqarilgan bo‘lib u hozirda eskirib qolgan An-24 samolyotlari o‘rniga keladi. 

Iqtisodiy jihatdan samarali parvoz iqlish uchun samolyotga 20 nafar yo‘lovchi yetarli. Il-114-300 ning ekspluatatsiya muddati - 30-yilni tashkil qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0