TOShKENT, 29 dek - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va xalqqa navbatdagi murojaatnomasi boshlanishiga sanoqli soat qolmoqda. Sputnik O‘zbekiston nashri prezident murojaatidan asosiy fikrlarni berib boradi. Bizni kuzating.
JSST xabariga ko‘ra, umumjahon pandemiyasi hali yana davom etishi mumkin va butun dunyoda ijtimoiy muammolarni kuchaytirishi mumkin. Undan keyin dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi o‘zgaradi. Mana shunday sharoitda kuchli va samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan davlatlar, bu kurashda yengib chiqishga qodir bo‘ladi
Erishgan natijalarimizga mahliyo bo‘lmasdan, jahondagi vaziyatlarga sergaklik bilan qarab, mamlakatimiz milliy manfaatlarini ta’minlashga jidiy qarashimiz lozim.
Tashqi siyosatda: O‘zbekiston ochiq pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi.
MO davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik, strategik sherikchilik munosabatlarni rivojlantirishga yanada e’tibor qaratiladi.
Asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan RF, XXR, AQSh va boshqa qator davlatlar bilan ko‘pqirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiramiz. Elchilar yanada samarali ish tizimini yo‘lga qo‘yishi zarur.
BMT va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish doimo e’tiborimizda bo‘ladi. O‘zbekistonda 30-iyul Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilandi
Mirziyoyev 2005-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolik berishni taklif etdi.
Xususan, O‘zbekistondan uy-joy sotib olgan fuqaroga va O‘zbekistonda 15-yil davomida uzuluksiz yashagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxlarga O‘zbekiston fuqarosi berish taklif qilindi.
Inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligiga qaratilgan islohotlar kelgusi yilda ham davom ettiriladi.
Kelgusi yilda "Bir sud bir instansiya" tamoyili joriy etiladi. Ya’ni bir sudda ko‘rib chiqilgan ish ushbu sudga qaytarilmaydi. Bir birin takrorlaydigan sudlar bekor qilinadi.
Oliy sud nazorat tariqasida ishlarini ko‘rish amaliyoti bekor qilinadi. Viloyatlardagi 3ta sud bittaga birlashtiriladi. Ishlarni sudgacha hal qilish amaliyoti joriy etiladi.
Sudlarda onlayn ishtirok etish mumkin bo‘ladi.
25ta manzil koloniyalar qisqartiriladi.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunday qarorni yangi tashkil etilayotgan yangi tashkil etilayotgan - Insonparvarlik komissiyasi tomonidan hal etiladi.
OAV xodimlari tom ma’noda 4 xokimiyatga aylanib bormoqda. Achchiq tanqidiy materiallar ko‘plarga yoqmaydi, ko‘pchilikni tinchini buzadi, lekin bu qiyinchiliklarga qaramay biz so‘z erkinligiga o‘rganib borapmiz.
Har bir davlat organi OAV bilan yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur va shart.
AOKA sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishi uchun agentlik faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim.
Jamiyatimizda ayollar mavqeyini oshirish, ularning muammolarini hal qilish kerak. Ushbu muammolarni ro‘yxatga olish uchun "ayollar daftari" tashkil qilinmoqda.
Lekin bu birinchi qadamlarimiz xolos. Biz respublikada yashayotgan 17 mln ayollarimiz orzularini ro‘yobga chiqarishimiz kerak.
Respublika Xotin-qizlar jamoat kengashini tashkil qilishni taklif qilaman. Kengashga Tanzila Narbayeva nomzodini rahbar sifatida taklif etaman.
Xotin-qizlarni biznes yuritishga o‘rgatish, ularga kredit olishda yordam berish yo‘lga qo‘yiladi.
Adliya vazirligi joylardagi mahalliy hokimliklarga barcha j’lon qilingan yangi qonun va qarorlar mohiyatini tushuntirib boradi. Ularga tegishli vakolatlar beriladi.
Prezident qarorlari hayotda va nazoratda degan ko‘rsatuv tashkil qilib uni doimiy olib borishi kerak.
Adliya vazirligi har kvartalada bir marotaba hisobot berib boradi.
Korrupsiyani oldini olish eng katta vazifamiz. Moliya vazirligi barcha davlat tashkilotlari, davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning barcha xaridlarida ochiqlikni ta’minlash mexanizmini ishlab chiqishi kerak.
Mahalliy hokimliklar barcha qarorlarini ro‘yxatga olish va ularni onlayn e’lon qilish tizimi joriy etiladi.
Ushbu maqsadda davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Xar bir rayonda quyi pog‘onadagi rivojlanishga, eksperiment tariqasida, sarf etiladi. Ya’ni tuman budjeti xarajatlarini 5%ini ana shunday maqsadlarga yo‘naltirish amaliyoti joriy etiladi. Bu yilgi budjet tasdiqlangan bo‘lsa ham shu ishni qilib ko‘ramiz.
Eng katta muammomiz - o‘rta bo‘g‘in amaldorlar. Ularada yoki malaka yoki qat’iyat yetishmaydi yo bo‘lmasa korrupsiyaga berilgan. Ko‘p-ko‘p tumanlarda bir ikkita o‘rinbosarlar nima ish qilishini bilmaydi. Chekka tumanlarda 60tagacha odam o‘tiradi. Ularni sonini qisqartirish samaradorligi oshirish kerak.
Mirziyoyev qog‘ozbozchilik bilan majlislarni qisqartirishga chaqirdi. Kelgusi yil boshida hamma vazirlik o‘z ishini tuman shahar qishloq va mahalla kesimida rejalashtiradi. Bunda amalga oshirilgan ishlarga qarab vazirliklarga baho beriladi.
Hududlar rivojlanishining muhim omili - ular orasida rivojlangan transport tarmog‘ini yaratishdir. Shuningdek ichki turizmni rivojlantirish ham ushbu omilga bog‘liqdir.
Kelgusi yilda bir qator shaharlar orasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish, 2ta yangi yo‘nalishda tezurar poyezdlar ishga tushirish amalga oshiriladi. Undan tashqari "Buxoro - Urganch - Xiva" temir yuli elektrlashtiriladi.
Shaharlar orasida yangi avtoyubus qatnovlari kupaytiriladi.
TOshkent shahrida yer osti va yer usti metrosi yaxlit tizim bulish uchun bir biriga ulanadi. Turizm infgrastrukturasini rivojlantirish buchun budetdan 1 trillion so‘m ajratiladi.
O‘zbekiston EOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Shu sababli milliy texnik tartibga solish meyorlarini ishlab chiqishni jadallashtirishimiz lozim. Eksport qiluvchilarga chet elda savdo uylari va do‘konlar ochish xarajatlarining 50% qoplab beriladi. Hukumatga eksport hajmini 20%ga oshirish vazifasi topshiriladi.
Yerlarni bozor aktiviga aylantirish vaqti keldi. Hukumat ikki oy ichida buning mexanizmini ishlab chiqish kerak, dedi prezident.
Kelgusi yilda barcha tadbirkorlar uchun bir xil bo‘lgan yagona tadbirkorlik kodeksi tuziladi.
Shuningdek tadbirkorlarnpi tekshirishga kiritilgan moratoriyni yana bir yilga uzaytiramiz.
Halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yashirin iqtisodni qisqartirishga qaratilgan dastur ishga tushiriladi.
Turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga berilgan imtiyozlar kelgusi yil yakunigacha uzaytiriladi — Shavkat Mirziyoyev.
Kelgusi yilda iqtisod o‘sishi kamida 5%ga bo‘lishini ta’minlash, budjet defitsiti 5,4 %dan oshmasligini, inflyatsiya miqdori 10%dan oshmasligini ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan.
Tadbirkorlar uchun valyuta sotib olish hozirgi 4 kundan yarim kungacha qisqartiriladi.
Kelgusi yilda Qashqadaryoda yiliga 1,5 mln tonna kerosin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan majmua to‘liq quvvat bilan ishga tushadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida import mahsulotlariga berilgan imtiyozlar yana bir yilga uzaytiriladi - Mirziyoyev
Bu masala prezidentning doimiy nazoratida bo‘ladi, xalqimiz xotirjam bo‘lishi lozim, dedi Mirziyoyev
Kelgusi yildan davlat korxonalari transformatsiyasi tezlashtiriladi. Ularga xalqaro bozorga chiqib davlat kafolatisiz mablag‘ jalb etish imkoniga ega bo‘ladi.
Yirik korxonalarimizda mutaxassislar malakasi dunyo standartlariga mos emas.
Transformatsiya jarayoniga biz yirik va nufuzli xalqaro muassalarning yetakchi mutaxassislarini jalb etdik.
Kambag‘allikni qisqartirish uchun kompleks muammolarni hal etish kerak. Kelgusi yilda temir daftarga kiritilgan oilalarga belgilangan miqdorda moliyaviy va boshqa yordam ko‘rstiladi. Va ushbu ro‘yxatga kiritilgan aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun kompleks chorlara ko‘riladi.
Bunday choralar orasida qo‘shimcha o‘qitish, biznes boshlash uchun subsiyadiya berish, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan kishilarga yer beriladi.
Kelgusi yil 1-martdan boshlab aholining minimal iste’mol meyori e’lon qilinadi.
Vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 baravar oshiriladi.
2021 yilda aholi orasida omaviy sport turlarini targ‘ib qilish uchun 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining eng markazida yangi milliy akademik drama teatri qurishni taklif qildi. Taklif qarsaklar bilan kutib olindi. Ushbu loyiha bilan uzoq vaqtdan beri shug‘ullanayapmiz. U yerga kirgan odam buyuk bobolarimiz va milliy urf odatlarimiz ruhini his etadi.
Undan tashqari prezident yapon arxitektori loyihasi asosida yangi sanoat muzeyi qurishni taklif qildi.
Yangi zamonaviy kutubxona barpo etish bo‘yicha amalyi ishlar boshlandi.
Respublikadagi mavjud 7000 madaniyat obyektlarimizni kelajak avlodlarimizga yetkazishimiz shart.
Mirziyoyev tibbiyot sohasi haqida: koronavirusga qarshi kurashdagi ishlarni davom ettirish eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Emlash tadbirlari amalga oshiriladi.
Sanitariya-epidemiologiya sifati oshiriladi. Sohaga 200 mln. dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.
Tibbiyot sohasini raqamlashtirish ko‘lami kengaytiriladi, telemeditsina yo‘lga qo‘yiladi.
Kelgusi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni 7 turdagi vitamin va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi. Dasturga 17 mln axoli kamrab olinadi va 100 mlrd sum mablag‘ ajratiladi.
Qishloq shifokori dasturi doirasida shifokorlarga 30 mln. so‘mdan yordam puli beriladi.
Prezident fizika haqida: bu fanni chuqur egallamasdan turib bugun zamon talab qilayotgan sohalarda yuqori natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Kelgusi yilda 10ta prezident maktabi, 197 ta ma’lum fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘z faoliyatini boshlaydi.
Jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li bo‘lishi lozim. Muallimlarimiz bolalarimizga sifatli ta’lim berishi va ular o‘z ustidan ishlashlaridan boshqa hech narsani o‘ylamasliklari uchun davlat barcha sharoitni yaratishi lozim
Muallim obro‘yini yuqori cho‘qqiga chiqarsak, vaqt o‘tib bu o‘zining juda katta natijasini beradi. Pedagoglarni rag‘batlantirish ishlari kelgusi yilda ham davom ettiriladi.
Oliy ta’limning qamrovini oshirishga e’tibor qaratiladi. davlat grantlari soni 25%ga oshiriladi kamida. OTMlarga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 mingtaga yetkaziladi. Aa’lo baholarga o‘qiyotgan ehtiyojmand oilalar qizlari uchun maxsus stipendiya joriy etiladi.
2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilindi.
2021 yil nomida belgilangan sohalarni tub isloh qilinadi. Xususan, maktabgacha ta’lim sohasini bog‘cha yoshidagi hamma bolani ushbu sohaga qamrab olish rejalashtirilgan. Ushbu sohaga budjetdan 600 mlrd subsidiya beriladi va xususiy sektor ulushi 25%ga yetkaziladi.
Maktab ta’limi sifatini oshirish, muallimlarga yaxshi sharoitlar yaratish rejalashtirilgan. Respublikada 30ta yangi maktab quriladi, budjetdan 2 trln so‘m ajratiladi. Bolalarga ortiqcha yuklama bermaydigan milliy ta’lim dasturini yaratish vaqti keldi. 2021-yilda ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.
Boshqa viloyatga borib ishlagan o‘qituvchiga 100%, boshqa tumanga borib ishlagan o‘qituvchiga 50% ustama to‘lanadi.
Iqtisodiy jihatdan O‘zbekistonda o‘sish saqlab qolindi. O‘zbekiston yevroobligatsiyalar bozoriga chiqdi.
Energetika sohasida xorijiy investorlar bilan umumy qiymati 2,5 mldr. Dollar bo‘lgan 6ta yangi elektrostansiyalar yaratildi.
Meva sabzavotchilik, g‘allachilik va chorvachilikda ham 500taga yaqin klasterlar yo‘lga qo‘yildi. 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga topshirildi
2020 yil aholini ijtimoiy himoyalasha bo‘yicha tub burilish yil bo‘ldi. Kambag‘allik mavjudligi birinchim marta tan olindi, uni qisqartirish bo‘yicha keng choralar, manzilli ishlash bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yildi.
Undan tashqari bu yil Buxorodagi tabiiy ofat va Sardobadagi texnogen ofatlar xalqimizni irodasini sinovdan o‘tkazdi. O‘zbekiston xalqi ushbu qiyinchiliklarni qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tmoqda.
Shuningdek davolash maskanlari zarur dori darmon va diagnostika uskunalari bilan ta’minlandi, xorijdan 600 mingdan ziyod vatandoshlarimiz olib kelindi.
Koronavirus pandemiyasi olqibatini yumshatish uchun umumy qiymati 82 trillion so‘m bo‘lgan kompleks tadbirlar amalga oshirildi.
Prezident karantin talablariga qat’iy amal qilgan xalqqa, mardonavor mehnat qilgan jonkuyar shifokorlarga va fuqarolarga chuqur minnatdorlik izhor qildi.
Bu yilgi murojaatnoma o‘tgan yilgidan farqli ravishda murakkab davrga to‘g‘ri kelmoqda. Butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshdan o‘tkazmoqda.
Bunday ofat so‘nggi 100-yilda ham ro‘y bermagan. Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi haqida to‘xtaldi. Ushbu ofat jahon iqtisodiyotiga qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda, 500 mln ish o‘rinlar yo‘qotildi.
Murojaatnomani kuzatish uchun ommaviy axborot vositalari xodimlariga Kongresslar zalidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Tadbir pandemiya sharoitida karantin qoidalariga qattiq rioya qilgan holda tashkil etilgan. Murojaatnomani onlayn-yoritib borish uchun matbuot-anjuman zaliga tashrif buyurgan juranalistlar orasida 2 metrdan masofa saqlangan.