Prezident yangi yil nomini e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v molodejnom forume
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v molodejnom forume - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va xalqqa yo‘llanayotgan murojaatnomasida yangi 2021-yil nomini e’lon qildi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida yangi yil nomini e’lon qildi.

Prezident agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini yoshlardagi g‘ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olinsa, ko‘zlagan marralarga albatta yetsa bo‘lishini ta’kidladi. Yangi O‘zbekiston ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlar bilan birgalikda barpo etiladi.

"Ana shu muhim yo‘nalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida, kirib kelayotgan 2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni taklif etaman", - dedi Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0