Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tishi kerak – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2021-yilda prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Prezident MSK bu katta siyosiy voqea xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishi lozimligini ta’kidladi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga sayloviga to‘xtaldi.

Mirziyoyev Markaziy saylov komissiyasi davlat va xalq hayotida katta siyosiy voqea – prezident saylovi milliy qonunchilik va umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishi lozimligini ta’kidladi.

“Birinchi navbatda, saylov komissiyalari a’zolarini saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha tizimli o‘qitish kerak. O‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz”, - dedi u.

Prezident bu muhim siyosiy kampaniya yangi O‘zbekiston sharoitida saylovchilar, barcha fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, grajdanlik pozitsiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0