Kelgusi yilda 2 ta tezurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAfrosiab
Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda keyingi yilda 2 ta tezurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi, Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish boshlanadi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonda keyingi yilda 2 ta tezurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi, Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish boshlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasi davomida ma’lum qildi.

Aholi punktlari o‘rtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tumanlar markazlari bilan bog‘laydigan uzluksiz avtobus qatnovlari xususiy sektorni jalb qilish orqali ko‘paytiriladi.

Davlat rahbarining so‘zlariga qaraganda, Toshkent shahrida yer usti metrosining 12 kilometrlik ikkinchi bosqichi foydalanishga topshiriladi. Shu tariqa yer osti va yer usti metro liniyalari yaxlit tizim sifatida bir-biriga ulanadi.

Yangiliklar lentasi
0