Avtomobil ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytiriladi, 73 ta aksiz solig‘i bekor qilinadi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishSborka legkovix avtomobiley na zavode kompanii Changan v gorode Chunsin v Kitae.
Sborka legkovix avtomobiley na zavode kompanii Changan v gorode Chunsin v Kitae. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Avtomobil sanoatida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlar yaratish orqali sohada ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytiriladi”, - dedi Mirziyoyev.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasi davomida 2021-yildan boshlab oziq-ovqat, neft va elektrotexnika kabi tarmoqlarda 73 ta aksiz solig‘i bekor qilinishi ma’lum qildi.

Zargarlik sohasida ham tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bunda kelgusi yil 1-martdan boshlab kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi o‘rnatiladi.

“Avtomobil sanoatida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlar yaratish orqali sohada ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytiriladi”, - dedi prezident.

Davlat rahbarining ta’kidlanishicha, iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishiladi.

Harvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, mamlakat 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyat va nisbiy ustunliklarga ega. Ayniqsa, neftgaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat hamda “yashil iqtisodiyot” bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz “drayverlari”ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud.

Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0