Rossiyada mushuk vazir o‘rinbosari bo‘ldi – video

Obuna bo‘lish
Ulyanovsk viloyatida chiqindi konteyneriga tashlab yuborilgan oq-qora rangli mushuk qutqarib olindi. Keyin u uchun maxsus norasmiy lavozim — vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Xodimlardan biri chiqindilarni keyingi saralash jarayoniga hozirlayotib, paketni kesgan va unda mushukni ko‘rgan. Mushuk jabrlanmagan, lekin juda qo‘rqib ketgani ayon bo‘lgan.

Ulyanovsk viloyati Tabiat va siklik iqtisodiyot vaziri Gulnara Raxmatulina mushukni idoraga olish tashabbusini bildirgan. Endilikda vazirlikda norasmiy lavozim – hayvonlar dunyosini qo‘riqlash bo‘yicha Tabiat va siklik iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari joriy etilgan.

Ta’kidlanishicha, mushukni veterinariya klinikasida ko‘zdan kechirishgan va u sog‘lom.

Shuningdek, mushukni qutqarib qolgan saralovchi xodim Mixail Tukash va “Gorkomxoz” direktori Igor Perfilyev hayvonot dunyonini saqlashga qo‘shgan hissasi va halol mehnati uchun minnatdorchilik xati bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0