Yana bir prezident koronavirus bilan kasallandi

© Sputnik / Tomas Txaysuk / Mediabankka o‘tishPrezident Abxazii Aslan Bjaniya
Prezident Abxazii Aslan Bjaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniyada koronavirus aniqlandi. U o‘zini o‘zi yakkalagan va vazifasini masofadan turib bajaradi.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident Fransii Emmanuel Makron v meditsinskoy maske - Sputnik O‘zbekiston
Makron koronavirusga chalindi

“Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniyada koronavirus aniqlandi. Kasallik yengil shaklda o‘tmoqda. Aslan Bjaniya o‘zini yaxshi his qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bjaniya o‘zini o‘zi yakkalagan va vazifasini masofadan turib bajaradi.

“Prezident Abxaziyada, Suxumdagi o‘zining rasmiy qarorgohida”, - deya aniqlik kiritgan xabarda.

Abxaziyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 8459 nafarga yetgan. Shulardan 6726 nafari tuzalib ketgan. 108 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0