Otabekov koronavirus pandemiyasini yengish shartini aytdi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosarining fikriga ko‘ra, aholining 70 foizida koronavirusga qarshi immunitet shakllantira olinsa, pandemiyani yengsa bo‘ladi.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Aholining 70 foizida koronavirusga qarshi immunitet shakllantira olinsa, pandemiyani yengsa bo‘ladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksinalarning yaratilishi qanchadan qancha odamlarni ushbu kasallikka chalinishdan saqlab qolish imkoniyatini beradi.

“Fikrimcha, agar aholining 70 foizida immunitetni shakllantira olsak (emlash orqali yoki kasallanish oqibatida) demak, biz pandemiyani jilovlay olamiz, aniqroq aytsak, biz uni yengamiz”, - dedi Otabekov.

Mutaxassisning fikricha, mutatsiyaga uchragan virusning paydo bo‘lishi endilikda emlashning befoyda ekanligini bildirmaydi. Bugungi kunga qadar ishlab chiqilgan vaksinalarning aksariyati koronavirusning bog‘lovchi oqsillarini kodlaydi. Demak, emlash tadbirlari amalga oshirilgandan keyin hatto mutant-virus bilan kasallangan taqdirda ham bemorning immun tizimi harakatga keladi va quvonarlisi, amaldagi immun tizimini yengib o‘ta oladigan darajada proteinlarini o‘zgartirishi uchun virus bir qator mutatsiyalardan o‘tishi shart bo‘ladi.

Vnimanie, karantin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Yangi yil arafasida qat’iy karantin joriy etiladimi?

U fuqarolarga gripp kasalligi viruslari ham tez-tez mutatsiyaga uchrashi sababli vaksina har faslning boshida yangilanib turilishi va shu yo‘l bilan emlash samaradorligiga erishilishini eslatgan. 

“Buning uchun koronavirusga qarshi vaksinalarni ham kelgusida yangilash kerak bo‘lishi mumkin. Ammo pandemiya davrida jamlangan ma’lumotlar va yaratilgan ishlab chiqarish manbalari, shubhasiz keyinchalik aholini unchalik qimmat bo‘lmagan va sifatli vaksina bilan muntazam ta’minlash imkonini beradi”, - deya xulosa qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0