TOShKENT, 27 dek — Sputnik. “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va qaylig‘i Jorjina Rodriges o‘zbekona libosda ko‘rinish berdi.
Avvaliga Jorjina Instagram sahifasiga o‘zbekona to‘nda tushgan suratini joyladi va “O‘zbekistondan mehr bilan tayyorlangan qo‘l mehnati” deya izoh yozdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Keyinchalik o‘zbekistonlik sobiq MMA jangchisi, hozirda BAAda istiqomat qilayotgan Umid Mavlonov o‘zining Instagram sahifasida Krishtianu Ronaldu bilan birga tushgan suratini namoyish qildi. Unda futbolchi o‘zbek choponini kiyib olgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Suratda Otabek Umarov ham belgilangan edi. Bir necha soat o‘tib Otabek Umarov ushbu suratni Instagram stories᾽ga joyladi.