Yangi tartib: O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar 14 kunga karatinga olinadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPassajiri v aeroportu Sheremetyevo
Passajiri v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tartib Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrikada bo‘lgan va uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan o‘zbekistonliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga joriy qilinadi

TOShKENT, 26 dek - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 21 - dekabr sanasidan 2021-yil 10 - yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatiladi.

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
SSV koronavirusning yangi shtammi xususida ma’lumot berdi

Ushbu chora dunyodagi epidemiologik vaziyatning tezkor keskinlashuvi sharoitida mamlakatda epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish, koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi o‘choqlari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilingan.

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda so‘nggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilandi.

Shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya mamlakatlari va Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lgan va uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki o‘z hisobidan tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi aniqlangani haqida ma’lum bo‘lgan edi.

Britaniyaning yangi va yuzaga kelayotgan respiratorli virus xavflari bo‘yicha maslahatlashuv kengashi mamlakatda aniqlangan koronavirusning yangi turi katta tezlikda tarqalayotgani va aholidan yanada ko‘proq ehtiyotkorlikni talab etishini ma’lum qilgan edi. Ayni vaqtda olimlar virusning bu turi qanchalik halokatliligini aniqlash uchun tezkor tadqiqotlarni o‘tkazishmoqda. Bu haqda Britaniya bosh vrachi Kris Uitti ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0