"Soros fondi" sobiq ittifoq hududida qanday ta’sir usullarini qo‘llaydi?

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDjordj Soros
Djordj Soros - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arb tuzilmalari tomonidan moliyalashtiriladigan nohukumat tashkilotlar sobiq ittifoqi maydonida ikki - yumshoq va qattiq ta’sir chiziqlaridan foydalanadilar, deb hisoblaydi Moldova parlamenti a’zosi Bogdan Sirdya.

Sobiq ittifoq davlatlarining deyarli hammasida g‘arb nohukumat tashkilotlari ta’sirini kuzatish mumkin, deya ishonch bilan ta’kidlaydi Moldova Sotsialistlar partiyasidan parlament deputati bo‘lgan Bogdan Sirdya. U Sputnik XAAga ushbu tuzilmalar qanday ishlashi va nimaga erishishlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Isbot faktlar bilan bo‘lishi lozim

Soros va Konrad Adenauer fondlari Moldovadagi qator NNTlar tomonidan moliyalashtiriladi, deydi ishonch bilan Bogdan Sirdya. Bu nohukumat tashkilotlari harakatlarni o‘zaro muvofiqlashtiradilar va o‘z sponsorlari manfaatlari, shu jumladan, siyosiy manfaatlar yo‘lida harakatlanadilar. Siyosatchi bu fikrlarni o‘zining "Moldova fuqarolik jamiyati: Sponsorlar. NNT-kratiya. Madaniy urushlar" nomli kitobida berilgan 1,5 mingta havolalar bilan dalillaydi.

Aksiya natsionalistov v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
"Bepul" pishloq. Sorosning pullari Ukrainada nimaga sarflandi?

"U moldavan tilida dunyo yuzini ko‘rgach (rus tilida 2021-yilning bahorida chop etilishi rejalashtirilgan - tahr.) munosabat ham o‘zini ko‘p kuttirmadi. Shu zahoti Moldovadagi Yevropa Ittifoqi missiyasi rahbari Peter Mixalko, so‘ngra – Gollandiya elchisi va Soros fondi tomonidan munosabatlar bildirildi", - deya hikoya qiladi u.

Bogdan Sirdya kitobi - 759 betdan iborat. U joriy yilning 21-oktabrida nashrdan chiqqan - shu kechaning o‘zida Soros fondi kitobga "Moldova fuqarolik jamiyatiga uyushtirilgan qo‘pol hujum", deya baho bergandi.

"Kutilgani kabi, "O‘qimaganman, lekin qoralayman" sirasidan bo‘ldi. Kaminaning mehnatini "demokratiya ustunlari, huquq ustuvorligi va umuman yevropa qadriyatlariga tahdid", deya qoralashdi. Ammo madomiki fond so‘z erkinligi tarafdori ekan, nega dastavval kitobni muhokama qilishmadi? Agar siz buni yolg‘on va soxtalashtirish, deydigan bo‘lsangiz, marhamat, unda 1519 havolalar va 600ta manba keltirilgan, men bahsga tayyorman", - deydi Bogdan Sirdya.

Ammo, deputatning so‘zlariga ko‘ra, opponentlar bunga javoban sukut saqlashni lozim topgan.

Multimilliarder Djordj Soros - Sputnik O‘zbekiston
Amerikaliklar Jorj Sorosni terrorchi deb tan olishni so‘rashmoqda

"Avval boshda NNTlar biz raqamlar bilan manipulyatsiya qilayotganimizni iddao qilishgandi. Shunda matbuot-anjumanida ularning moliyaviy hisobotlari skrinshotlarini ko‘rsatdim. Shubhasizki, bu faktlarni ular hech qanaqasiga rad etisholmadi, faqatgina kitobim kimgadir tahdid ekanligi borasida aytilgan tushunarsiz gaplarni hisobga olmaganda", - deydi muallif.

Faoliyat maydoni

Sobiq ittifoq makonida: nohukumat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida teng belgisini qo‘yish lozimligi haqidagi fikr o‘ta faollik bilan ilgari surilmoqda. Ammo, bu undaymas, deya tushuntiradi Bogdan Sirdya. Chetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar mahalliy real muammolarni kamdan-kam ko‘taradilar - kun tartibida asosan sponsorlar manfaati turadi.

"Misol tariqasida Moldovani olaylik. NNTlar tomonidan bu yerda qanday muammolar ko‘tariladi? Radikal feminizm, yuvenal yustitsiya, demokratlashtirish – chunki, ular buni tushunadi. Bularni bizdagi muammolar bilan qanday umumiyligi bor? Bizdagi muammolar - bu qashshoqlik (Yevropaning eng qashshoq mamlakatimiz), korrupsiya, bunda biz Ukraina bilan raqobatlashapmiz va ishsizlik-ku. Fuqarolarimizning uchdan bir qismi chel elda", - deydi muallif.

Vinesenie prigovora deputatam fraksii Ata-Jurt v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
"Prezidentni shunchaki xaydab chiqarishdi". "Rangli inqiloblar" qanday yakunlangan

G‘arb fondlari faoliyati so‘zlardagina ezgu maqsadlarni ko‘zlaydi – ular korrupsiyaga qarshi kurash va demokratiyani qaror topishi haqida gapiradilar, deydi siyosatchi. Ammo haqiqatda esa hammasi kuzatuvlar hamda aytaylik, so‘z erkinligi va demokratiya indeksi singari ro‘yxatlarni tuzish bilan cheklanadi.

"Ammo ular haqiqatda vaziyatni zarracha o‘zgartirmaydi, - deydi Bogdan Sirdya. – Moldova NNTlari budjetiga bir nazar soling – millionlab dollarlarga ko‘zingiz tushadi. Ta’limga ajratilgan budjet esa ancha kam, garchi jamiyatni rivojlantirish uchun aynan shu soha eng muhimlaridan biri sanalsa-da. Yoki deylik, Yevropa tuzilmalari Moldovaga pul berishayotgani haqida gapirishni xush ko‘radilar. Ammo pullar qani? Yustitsiya islohotiga yo‘naltirilgan 100 million yevrodan faqat 10 millionigina bevosita sudlar uchun jihozlarga sarflangan. Asosiy qismi - go‘yoki yustitsiyani isloh qilayotgan idoralarga, kofe-breyklarga ketgan. Bundan kelib chiqadiki, fond pullarni o‘ziga o‘zi berarkan-da".

Protestnie aksii v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Rangli inqiloblar uchun kadrlar qanday tayyorlanadi

G‘arb tuzilmalari tomonidan moliyalashtiriladigan nohukumat tashkilotlari sobiq ittifoqi maydonida ikki xil - yumshoq va qattiq ta’sir liniyalardan foydalanadi, deydi Bogdan Sirdya.

"Misol tariqasida: Soros fondi bir vaqtning o‘zida hamma yoqda paydo bo‘ldi va avvaliga tarix bo‘yicha kitoblarni moliyalashtirdi. Ularda nima haqda yozilgan? Kitoblarda davlatlarning qanchayin qoloqligi va endilikda ularga qanday yordam berilishi haqida singdirilgan. So‘ngra fond grant loyihalarini tashkil qildi. Nima uchun? Maqsad yosh onglarni jalb qilish edi. Ularni seminar va tadqiqotlar uchun jalb qilishgan va odamlar, o‘zlari buni tushunmagan holda, o‘z davlatlari haqida razvedkaga oid ma’lumotlarni taqdim etgan. Bularni hech kim nazorat qilmagan, sababi 1990-yillarda hammayoqda tartibsizlik hukm surgan", - deb hisoblaydi siyosatchi.

Harakatlarning birinchi varianti - yumshoq harakatlar, tushuntiradi Sirdya. "Avvaliga mamlakatda fond tashkil etiladi, fond NNT va notijorat tashkilotlarga asos soladi, shunday keyin u boshqa tuzilmalarni moliyalashtirishni boshlaydi, shu tariqa, mamlakat emas, balki sponsorlar manfaatida harakat qiladigan tarmoq vujudga keladi. Keyinchalik fond tarmoq tamoyili asosida o‘z odamlarini hukumat tuzilmalariga ko‘tara boshlaydi".

Putin: priblijenie NATO k granitsam Rossii ugrojayet bezopasnosti strani - Sputnik O‘zbekiston
Putin sobiq SSSR mamlakatlari ishiga aralashish kerakmasligi haqida ogohlantirdi

Bogdan Sirdya Armanistonni misol tariqasida keltirib o‘tadi. Bu yerda Nikol Pashinyan vaqtida Soros tuzilmalaridan chiqqanlar oliy martabali amaldorlarga aylangan edi.

Moldovalik siyosatchi turli fondlarning qattiq ta’siri sifatida Belarusdagi tartibsizliklarni misol keltiradi. "G‘arb ochiqchasiga belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlamoqda (11 dekabr kuni Yevrokomissiya respublikada fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 24 million yevro ajratilishini ma’qulladi, - tahr.). Fikrimcha, Belarusda hech kim mahalliy fondlar faoliyatini chuqur tahlil qilmagan, zero, inqilob shunchaki yuzaga kelmaydi. Buning uchun sharoit bo‘lishi kerak", - deya ta’kidlaydi Bogdan Sirdya.

Yangiliklar lentasi
0