MDHning qaysi shaharlari archa bezatishdan voz kechishdi – video

Obuna bo‘lish
Yangi yil bayrami arafasida MDHning aksariyat shaharlari ko‘chalari bayramona beztildi, maydonlarda archalar o‘rnatildi, lekin ayrim shaharlar iqtisodiy sabablar tufayli archa bezatishdan voz kechishdi.

Sobiq Ittifoq respublikalari Yangi yilni kutib olishga tayyorlanmoqda. Ko‘plab Shahar ko‘chalari archalar, girlyanda va millionlab rangli chiroqlar bilan bayramona bezatilgan, markaziy maydonlarida esa an’anaviy archalar o‘rnatilgan.

Masalan Vilnyusda antiqa transformer-archani tomosha qilish mumkin. Uning shoxlari maxsus mexanizm yordamida gojralib goh jipslashib turadi. 

Belarusning Gomel shahrida esa pikselli archa daraxti o‘rnatilgan. Unda ulkan ekran kabi istalgan rang yoki naqsh aks ettirish mumkin.

Kishinyovda esa a’n’anaviy yashil archa o‘rnatilgan va u yulduzchalar bilan bezatilgan.

Bishkek shahridagi archada esa, a’anaviy qishgi bezaklar bilan bir qatorqda qirg‘iz milliy naqshlari ham aks etgan. 

Dushanba, Olma-Ota va Yerevan shaharlari esa iqtisodiy sabablarga ko‘ra archa bezatishdan voz kechishgan.

Yangiliklar lentasi
0