Rossiyada barcha davlatlar bilan parvozlarni vaqtincha to‘xtatish taklif qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPassajiri v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo
Passajiri v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik deputat COVID-19ning yangi shtammi aniqlangani sabab barcha mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni vaqtincha cheklashni taklif qildi.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi deputati Ivan Suxarev COVID-19ning yangi shtammi aniqlashi sabab barcha mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni vaqtincha cheklashni taklif qildi. Bu haqda RT xabar qilmoqda.

Deputat mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin nomiga yozgan maktubida Buyuk Britaniya va qator mamlakatlarda COVID-19ning yangi shtammi aniqlanganini eslatgan. Shu bois ko‘plab davlatlar, jumladan, Rossiya Britaniyaga parvozlarni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

“Rossiya hududida yangi virus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sizdan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishdagi ijobiy sur’atni saqlash uchun vaqtinchalik barcha mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni iltimos qilaman”, - deyilgan deputat murojaatida.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada Buyuk Britaniya va qator mamlakatlarga aniqlangan koronavirusning mutatsiyasi aniqlaganmagan.

SSV koronavirusning yangi shtammi xususida ma’lumot berdi

Rossiya 27-mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveysariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar o‘zaro kelishuvga asosan tiklandi.

O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat o‘z chegaralarini qachon ochishi haqidagi savol javob berayotib, chegaralar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat imkon berishi bilanoq ochilishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0