Investitsiyalarni o‘zlashtirish samaradorligi oshiriladi - prezident

© Press-slujba prezidentaShavkat Mirziyoyev na soveshanii 23-dekabrya 2020 goda
Shavkat Mirziyoyev na soveshanii 23-dekabrya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi yil yanvardan eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan “Loyiha ofislari” rahbar va xodimlari malakasini oshiriladi.

TOShKENT, 24 dek - Sputnik. Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan O‘zbekistonda 2020-yilda 6,6 mlrd. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Kelgusi yilda esa 7,5 mlrd. ana shundaya sarmoyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda xabar qilindi.

O‘zbekistonda 1 yanvardan boshlab, xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha yangi tizim joriy etish, har bir loyihada belgilangan mablag‘larni samarali o‘zlashtirish va natijadorligini ta’minlash maqsadida “Loyiha ofislari” rahbar va xodimlari malakasini oshirish va ularni o‘qitish muhimligi ta’kidlandi, - deyilgan xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilda O‘zbekiston eksporti miqdori 15 milliard dollar bo‘lishi, kelgusi yilda esa undan ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. 

Eksport potensialini oshirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida 226 ta yirik loyiha hamda 69ta istiqbolli sanoat loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihalarni amalga oshirishda asosan kimyo, energetika, mashinosozlik, geologiya, elektrotexnika, farmatsevtika va yengil sanoat sohalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Kelgusi yili eksport hajmi 17  milliard dollar atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga eksport shartnomalarini hozirdanoq tuzish, 1-yanvardan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan eksportoldi moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Yangiliklar lentasi
0