TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Bayram oldi va bayram kunlari yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatishni yanada oshirish va ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan "Toshkent – Samarqand – Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha 764/763-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur poyezdlar 28, 29, 30 hamda 31-dekabr kunlari qatnovlarni amalga oshirib, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yadi. Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.