Migrantlar yetishmasligi tufayli Rossiyada tayyor turar joylarni topshirish kechikmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasining ayrim regionlarida qurilish sohasida ishchilar tanqisligi 50 foizni tashkil etdi.

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Rossiyada mehnat migrantlarining yetishmasligi uy-joylarni foydalanishga topshirish muddatlarini kechiktirmoqda.

Migranti ubirayut sneg v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
COVID bor ekan, o‘zbek migrantlari Rossiyaga nazoratsiz kira olishmaydi - diplomat

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda mamlakatning turli hududlarida xorijiy ishchi kuchi 20 dan 50 foizgacha qisqargan.

Mehnat migrantlarining xizmat ko‘rsatish sohasida 33,5 foiz, uy xo‘jaligi sohasida 28,6 foiz, suv ta’minoti, chiqindi suvlarni yo‘q qilish, chiqindilarni yig‘ish va yo‘q qilish sohasida 25,8 foiz va qurilish sohasida 22,2 foiz kamayishi kuzatilgan.

Joriy yil noyabr oyi boshi holatiga ko‘ra, Rossiyada 1,88 millionga yaqin chet el fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘tgan yilda ularning soni 2,35 millionni tashkil etgan.

Ayniqsa, Rossiyaning Uzoq Sharq, Volga bo‘yi va Ural federal okruglaridagi qurilish obyektlarida mehnat migrantlarining yetishmasligi muammoga aylanmoqda.

Ayni paytda xorijiy ishchi kuchi yetishmasligi sababli uy-joylarni qurish jarayoni 30 foizga pasaygan.

Yangiliklar lentasi
0