Dunyoda

Birdaniga 3ta: Yerga xavfli asteroidlar yaqinlashmoqda - NASA

© NASAAsteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoye foto
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
NASA olimlari bergan maʼlumotlarga koʻra, birdaniga 3ta xavfli kosmik jismlar Yerga yaqinlashmoqda. Ular 25 dekabr kuni Yer yaqinidan taxminan 3 million kilometr masofada uchib oʻtadi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. NASA olimlari bergan maʼlumotlarga koʻra, birdaniga 3ta xavfli kosmik jismlar Yerga yaqinlashmoqda, ular 25 dekabr sayyoramizga yaqin masofada uchib oʻtishadi.

Snimok Saturna, sdelannыy pri pomoщi teleskopa Xabbl - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Hayotda bir marta sodir boʻladi” - bugun odamlar noyob samoviy hodisaning guvohi boʻladi

Ulardan eng kattasi 501647 (2014 SD224) asteroidning masofasi Yerdan taxminan 3 million kilometrni tashkil qiladi.

Obʼyektning diametri taxminan 200 metrni tashkil qiladi.

U Yer yaqinidan ancha tez-tez uchib oʻtadi: asteroid oxirgi marta shu yilning yanvarida kuzatilgan. Keyingi safar u yana 2021 yil dekabrida sayyoramizga yaqinlashadi.

"Potentsial xavfli" guruhga 0,05 astronomik birlik va diametri taxminan 140 metr boʻlgan barcha kosmik jismlar kiradi.

Eslatib oʻtamiz, 17 dekabr kuni samolyot kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashayotgani haqida xabar berilgandi: diametri 26 dan 52 metrgacha boʻlgan.

Bundan tashqari, 21 dekabr kuni Yer aholisi kamdan kam uchraydigan noyob samoviy hodisa - Yupiter va Saturn yaqin kelishi hodisasiga guvohi boʻlishdi. Bu hodisa oxirgi marta 794 yil oldin yuz bergan.

Yangiliklar lentasi
0