Abu-Dabi o‘zbekistonlik sayyohlar uchun kirish talablarini yengillashtiradi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMechet sheyxa Zayda v Abu-Dabi
Mechet sheyxa Zayda v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yashil ro‘yxat”ga kiruvchi O‘zbekiston sayyohlari 24-dekabrdan boshlab ikki haftalik karantindan ozod qilinadi.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Abu-Dabi 24-dekabrdan koronavirus pandemiyasi sabab kiritilgan ayrim cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Yashil ro‘yxat”ga kiruvchi O‘zbekiston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Gongong, Singapur va boshqa davlat sayyohlari ikki haftalik karantindan ozod qilinadi. Hukumat bu ro‘yxatni har ikki hafta yangilab boradi. Ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan davlat fuqarolari 10 kungacha karantinda bo‘lishlari shart.

Shu bilan birga, barcha sayyohlar amirlikka kirish uchun 96 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy PZR-test taqdim qilishlari talab etiladi. Bundan tashqari, Abu-Dabiga yetib kelgandan keyin ham test topshirish kerak. Agarda mamlakatda uzoqroq vaqt ushlanib qolinsa, 6 va 12-kunlar koronavirusga test topshirish zarur.

Birlashgan Arab Amirliklarida pandemiya boshlangandan buyon 195,8 mingdan ziyod kasallanish holati qayd qilingan. Shulardan 170 mingdan ziyodi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0