TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston kosmosda hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning matnini tasdiqladilar. Hujjat 2021-yilda imzolanishi mumkin, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev RIA Novostiga.
"Tinchlik maqsadlarda kosmosni o‘rganish va foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitimning matnini kelishish bo‘yicha ishlar yakunlandi", - dedi Turdenev.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, hujjat navbatdagi oliy darajadagi uchrashuv vaqtida imzolash mumkin.
"Roskosmos" davlat korporatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya “Maydanak” rasadxonasida kosmik "chiqindilar" va yerni masofadan zondlash bo‘yicha monitoring tizimlarida, sun’iy yo‘ldoshlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarda, shuningdek, Jizzax viloyatidagi Suffa platosida radiostronomiya observatoriyasi qurilishini yakunlashda ishtirok etishi mumkin.