Eronlik “Anjelina Joli” qamoqdan ozod qilindi – unga kim yordam berdi?

© Foto : Iz lichnogo arxiva Saxar TabarSaxar Tabar
Saxar Tabar  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch yil oldin eronlik Fotima Xishvand ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. U Anjelina Joliga o‘xshash uchun 50 ta plastik jarrohliklardan o‘tgan.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Eronlik Instagram yulduz Fotima Xishvand qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda The Mirror nashri xabar qildi.

O‘tgan haftada Fotima 10-yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgandi. Jurnalist Masix Alinejad aktrisa Anjelina Jolidan uning “zombi-versiyasi”– eronlik Instagram yulduzi Fotima Xishvandga (Saxar Tabar ismi bilan tanilgan) yordam so‘rab videomurojaat e’lon qildi.

Xishvand hukm chiqarilgandan bir necha kun o‘tib ozod qilindi. Bunga "Ommaviy axborot vositalarining katta bosimi" sabab bo‘lgan.

Qizlarning qarindoshlari garov puli to‘lashdi, dastlab hukumat bunday shartda qo‘yib yuborishni rad etib kelgandi.

Fotima Tehronda, u oilasiga qaytdi.

Fotima Xishvand 2017-yilda mashhur bo‘lgan: o‘sha vaqtda OAVlarda u Anjelina Joliga o‘xshash uchun 50 ta jarrohlik amaliyotidan o‘tgani haqida ma’lumot tarqatgan. Qiz jarrohlik amaliyotidan o‘tmagani, faqat fotoshop yordamida fotosuratlarni tahrir qilganini aytdi.

2019 yil 5-oktabrda Fotima Xishvand Instagram’da mashhur bo‘lgan uch nafar ayol bilan birga hibsga olingan. U shirk keltirish, zo‘ravonlikka undash, nomaqbul yo‘llar bilan daromad topish va yoshlar orasida korrupsiyani targ‘ibot qilishda ayblangan.

Yangiliklar lentasi
0