O‘zbekistonda to‘qqiz kundan buyon COVID-19 dan o‘lim kuzatilmayapti

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v GKB № 52
Gospital COVID-19 v GKB № 52 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 079 nafar bemordan 170 nafari og‘ir, 33 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. 2020-yil 19-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 75 933 (+127) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 97%ga yetdi

Koronavirusdan 73 242 nafar bemor tuzalib ketgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 079 nafar bemordan 170 nafari og‘ir, 33 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mamlakatda jami 612 kishi virus qurboni bo‘lgan. Oxirgi o‘lim holati 11-dekabr kuni qayd etilgan edi. To‘qqiz kun davomida koronavirusdan o‘lim holati kuzatilmadi.

O‘zbekistonda koronavirus koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni sezilarli kamaygani sabab qator saralash va taqsimlash markazlari yopilib, tibbiyot muassasalari odatiy ish tarziga qaytmoqda. Hozirda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan shug‘ullanadigan 159 ta tibbiyot muassasasidan faqat 32 tasi faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0