TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Kirib kelayotgan Yangi yil tantanalari munosabati bilan Toshkent shahri markazida bayram tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 20-dekabr kuni soat 06:00 dan 2021-yil 15-yanvar soat 00:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:
- Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
- Mustaqillik shoh ko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.
Shahar ma’muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.