https://oz.sputniknews.uz/20201220/Bezod-Musaev-zbekistonda-koronavirus-bilan-kasallanganlar-deyarli-olmadi-15637759.html
Behzod Musayev: O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi
Behzod Musayev: O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi
Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning ma’lum qilishicha, kasallik aniqlangan birinchi kundan boshlab davlat rahbari hukumat oldiga aniq vazifalar qo‘ygan. Bugunga... 20.12.2020, Sputnik O‘zbekiston
2020-12-20T18:17+0500
2020-12-20T18:17+0500
2021-04-08T14:20+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/1e/15288551_0:204:3072:1942_1920x0_80_0_0_a3111feed4129398a5ff8789b2dc69da.jpg
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2020
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/1e/15288551_0:108:3072:2038_1920x0_80_0_0_1c537ed81e38d50e806bab397915554a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, behzod musayev, covid-19 umumjahon pandemiyasi
o‘zbekiston, behzod musayev, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Behzod Musayev: O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi
18:17 20.12.2020 (yangilandi: 14:20 08.04.2021) Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning ma’lum qilishicha, kasallik aniqlangan birinchi kundan boshlab davlat rahbari hukumat oldiga aniq vazifalar qo‘ygan. Bugunga kelib bu o‘z natijasini bermoqda.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonda bugun koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev “Toshkent yoshlar forumi –2020” marosimidagi chiqishida ma’lum qildi.
COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik aniqlangan birinchi kundan boshlab davlat rahbari hukumat oldiga aniq vazifalar qo‘ygan.
“Birontamizga tinchlik bermadilar, bir kun ham dam bermadilar. Asosiy maqsad – xalqimiz sog‘ayib ketsin. Pandemiya davrida sog‘liqni saqlash tizimiga shunchalik ko‘p pul berildiki, qiyosiy ma’noda buni 30-yil davomida tizimga ajratilgan mablag‘dan ham ko‘proq bo‘ldi, deb aytish mumkin. Dunyoning istalgan nuqtasidan shu kasallikni davolash uchun kerak bo‘lgan dorilar yetkazib kelindi. Xorijdan mutaxassislar olib kelindi. Natijada bugun O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar deyarli qolmadi”, - dedi Musayev o‘z nutqida davomida.
O‘zbekistonda to‘qqiz kundan buyon COVID-19 dan o‘lim kuzatilmayapti
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 75 933 nafarga yetgan. Shulardan 73 242 nafari tuzalib ketgan. Pandemiya boshlagandan buyon jami 612 kishi qurbon bo‘lgan.