TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Finlyandiyaning Lappeyenranta shahri va Navoiy viloyati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Ta’lim inspeksiyasi matbuot-xizmati.
Muzokaralar yakunida Lappeyenranta shahri va Navoiy viloyati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, Navoiy viloyatidan 2 nafar 9-sinf bitiruvchi o‘quvchisi Lappeyenranta shahriga kelib, 3-yil davomida ta’lim olishi mumkin. Finlyandiya tomoni har bir o‘quvchiga mamlakatda 3-yil davomida yashash, ovqatlanish va o‘qish uchun 40 ming yevro miqdorida grant ajratadi.
Shuningdek, finlyandiyalik o‘quvchilar ham Navoiy viloyatiga kelib o‘qishlari mumkin bo‘ladi.