Har yili 18 dekabrda xalqaro migrant kuni oʻtkaziladi. 1990 yil ushbu kunda BMT Bosh assambleyasi barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida konventsiyani qabul qilgan edi.
Rossiya Fanlar akademiyasi xalq xoʻjaligini prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev ushbu bayramga aloqador barchani muborakbod etdi.
"Xalqaro migrant kuni boshqa mamlakatlarga ishga boradiganlar ahamiyatini, ularning iqtisodda tutgan oʻrnini qayd etadi. Rossiyada migrantlarga talab kuchli, biz bu insonlar mehnatiga muhtojmiz", - dedi ekspert.
Poletayevning aytishicha, bugungi kunda RFda MDHdan kelgan har qanday darajadagi mutaxassislar ish topishi mumkin. Ammo ish topishda muvaffaqiyatni naqd qiluvchi ayrim kriteriylar ham bor. Ulardan biri - rus tilini yaxshi bilishdir. Kriteriylardan yana biri - gadjetlar, messenjerlar va boshqa shunga oʻxshash narsalarni yaxshi tushunish.
"Shuningdek, meni nazdimda, qandaydir kasb-korga ega boʻlish ham muhim rol oʻynaydi. Oʻz ishining ustasi boʻlgan, yangiliklarni kuzatib boruvchi va yangi materiallar bilan ishlay oladigan professionallarga talab hamisha kuchli", - dedi Poletayev.
Izohni toʻliq quyidagi radiopodkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.