Madaniyat

YUNESKO miniatyura sanʼatini nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritdi

© Shax-name, konets XIV vekaStsena bitvы voyska Amira Temura
Stsena bitvы voyska Amira Temura - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Taʼkidlanishicha, miniatyura sanʼatining YUNESKOning reprezentativ roʻyxatiga kiritilgani uzoq tarixga ega va Oʻzbekistonda oʻzining eng yuqori choʻqqisiga yetgan ushbu sanʼat turining xalqaro eʼtirofidir.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Miniatyura sanʼati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritildi. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov maʼlum qildi.

“Miniatyura sanʼatining YUNESKOning Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgani uzoq tarixga ega va Oʻzbekistonda oʻzining eng yuqori choʻqqisiga yetgan ushbu sanʼat turining xalqaro eʼtirofidir”, - deya yozgan u Facebook᾽dagi sahifasida.

YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi XV sessiyasida  Kamoliddin Behzod singari koʻplab yorqin va taniqli rassomlar bilan oʻzbek miniatyura maktabi koʻp asrlar davomida dunyodagi eng kuchli va eng taniqli maktablardan biri boʻlib qolayotgani taʼkidlandi.

YUNESKO Fargʻonani dunyoning aholisi eng oʻqimishli shaharlar roʻyxatiga kiritdi

Ushbu sessiyada nomoddiy madaniy merosning 42 milliy va koʻp millatli elementi boʻyicha nomzodlar koʻrib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0