TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Moskva shahridagi Altufyevo tumanida ishlaydigan dvorniklar rossiyalik reper Morgenshternning “Cadillac” qo‘shig‘iga remeyk klip tasvirga olishdi.
Ayni vaqtda klip ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalmoqda.
Kommunalshiki iz Altufyevo zapisali na pesnyu Morgenshterna i @saynaraboy i snyali klip pic.twitter.com/vJl5EVL9Sv
— Dikaya Moskva (@WildWildMoscow) December 16, 2020
Rolikda migrantlar hashamatli avtomashinalar o‘rniga velosiped, arava va kuraklardan foydalanishgan.
Bu video ostida internet foydalanuvchilari ko‘plab ijobiy izohlar qoldirib, kommunal xizmat ko‘rsatish ishchilarining ijod namunasiga yuqori baho berishdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada rossiyalik reper Alisher Morgenshtern Buxoro shahriga kelib, “Mercedes-Benz E 200” avtomashinasini buxorolik Azim Abdullayevga sovg‘a qilgandi.