Xorazm viloyatida bir tuman va ikki shahar hokimlari o‘zgardi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyatida Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyalarida Bog‘ot tumani, Urganch va Xiva shaharlari hokimlari o‘zgardi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani, Urganch va Xiva shaharlari hokimlari o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatida bir kunda uchta tuman hokimi o‘zgardi

Xalq deputatlari Bog‘ot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Yaxshibayev Bog‘ot tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Shu kungacha Bog‘ot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Oybek Xolboyev Urganch shahar hokimi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Xiva shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Temur Davletov Xiva shahar hokimi etib tayinlandi.

Davletov Xorazm  viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0