"Hayratlanarli o‘zgarishlar": Rossiya elchisi Chinozdagi yangilangan qishloqqa baho berdi

© Press-slujba Narodnoy priyemnoy RUzSelo Eshonobod v Tashkentskoy oblasti
Selo Eshonobod v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya elchisi Vladimir Turdenev qishloq-xotin qizlarining dala bilan bog‘liq bo‘lmagan kasb-korlarga o‘qitilib, ish bilan ta’minlanayotganini yuqori baholab, "bu ular oldida kelajak eshiklarini ochadigan ish", deya ta’kidladi

TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalarining O‘zbekistondagi elchilari Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi yangi qiyofaga kirgan Eshonobod qishlog‘ida mehmonda bo‘ldilar, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Press-slujba narodnoy priyomnoy RUzPosol RF pobival v Tashkentskoy oblasti
Hayratlanarli o‘zgarishlar: Rossiya elchisi Chinozdagi yangilangan qishloqqa baho berdi - Sputnik O‘zbekiston
Posol RF pobival v Tashkentskoy oblasti

"Obod qishloq" dasturi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli hududda yashayotgan qariyb 3 ming nafardan ziyod aholi hayotida katta o‘zgarishlar yuz bergan - "Eshonobod" bamisoli mo‘’jaz shaharcha ko‘rinishini olgan.

Qishloqning Fayzobod ko‘chasida qad rostlagan zamonaviy mahalla markazi diplomatik korpus vakillarida katta qiziqish va taassurot uyg‘otdi.

Ulugbek Muxammadiyev, perviy zamestitel sovetnika prezidenta RUz - Sputnik O‘zbekiston
Muhammadiyev: "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturlari dunyoda o‘xshashi yo‘q, noyob tizim

"Men hozir bu yerda ko‘rib turganlarimdan juda ham hayratdaman. Menga siz bu yerda o‘n yil oldin bo‘lgansiz, deyishdi. Taniy olmadim. Nazarimda, bu yer mutlaqo boshqa joy. Ajoyib, aynan qishloq hayotiga mos binolar qad rostlagan. Hamma kerakli idoralar bir joyda. Muhimi, fuqarolar haqida qayg‘urganlikni ko‘rish mumkin bu o‘zgarishlarda", - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Rossiya elchisi Vladimir Turdenev "O‘zbekiston 24" kanaliga bergan intervyusida.

Qishloqda yangi barpo etilgan madaniyat saroyida mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan eshonobodlik san’atsevar yoshlar mehmonlarni o‘zlarining ijod namunalari bilan kutib oldi.

Rossiya elchisi so‘zlariga ko‘ra, qishloqdagi sport saroyi kabi joy hatto ba’zi shahar tumanlarida ham yo‘q.

Aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash orqali ularning turmush farovonligini oshirish "Obod qishloq" dasturining bosh maqsadlaridan biri. Endilikda qishloqda yashovchi chevarlar zamonaviy tikuv korxonalarida mehnat qilib, ro‘zg‘origa baraka kiritmoqda.

Rossiya elchisi Vladimir Turdenev qishloq-xotin qizlarining dala bilan bog‘liq bo‘lmagan kasb-korlarga o‘qitilib, ish bilan ta’minlanayotganini yuqori baholab, "bu ular oldida kelajak eshiklarini ochadigan ish", deya ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0